Hujjat bilan Jismoniy va yuridik shaxslarga xulosalar berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning yagona maʼmuriy reglamenti tasdiqlangan.
Shuningdek 17 ta turdagi xulosalarni berish boʻyicha pasportlar tasdiqlanyapti, ular qatorida quyidagilar bor:
- magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini qurish, ulardan foydalanish hamda ularni taʼmirlashda sanoat xavfsizligi talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida;
- bino (inshoot) va xonalarning yongʻin xavfsizligi talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida;
- dori vositalari va biologik faol qoʻshimchalarni teleradiokanallar orqali reklama qilish boʻyicha va boshqalar.
2024-yil 1-maydan xulosalar davlat xizmatlari markazlari va YAIDXP orqali beriladi.
Taqdim etilgan xulosalar roʻyxati “Litsenziya” axborot tizimida yuritiladi.
Hujjat Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan va 2024-yil 2-apreldan kuchga kirdi, deb xabar beradi “Norma”.