Andijonda haydovchi Laboʻdagi yuklarni bayroq bilan yopib harakatlangan haydovchining shaxsi aniqlandi

    Mamlakatimizda 30 Noyabr 2023 1252

    Ijtimoiy tarmoqlarda “Labo” rusumli avtomashina haydovchisi, yukxonaga ortilgan yuklar ustini toʻsish uchun bayrogʻimizdan (yopqich sifatida) foydalangani tasvirlangan foto maʼlumot kuzatildi.

    Hozirda Andijon viloyati IIB YHXB tomonidan ushbu avtomashina Shahrixon tumanida istiqomat qiluvchi fuqaroga tegishli ekani aniqlandi. Holat boʻyicha tegishli tartibda IIB hamkorligida harakatlar olib borilmoqda.

    "Eslatib oʻtamiz, qonunlarimizda koʻrsatiliganidek, biror shaxsning davlat ramzlariga hurmatsizlik qilishda faol harakatlari aniq ifodalanadigan boʻlsa, unda ushbu shaxs davlat ramzlariga hurmatsizlik qilishda aybdor deb topiladi.

    Hurmatsizlik qilish qonunga xilof, ijtimoiy xavfli harakat sifatida qabul qilinadi", deyiladi Andijon viloyati hokimining matbuot kotibi tarqatgan munosabatda.