Andijonda million dollarlik GES qurilmoqda

    Energetika 14 Noyabr 2023 746

    Ulugʻnor tumanida yana bir GES qurilishi boshlandi.

    Oʻzbekistonda birinchi boʻlib xususiy mikro GESni ishga tushirilgan Andijonda navbatdagi natijador harakatlar davom etmoqda.

    Aholining elektr energiya taʼminotini yaxshilash va barqarorlashtirish boʻyicha yurtboshimiz tomonidan belgilab berilgan vazifalarga asosan olib borilayotgan mazkur ishlar doirasida Ulugʻnor tumanida yana bir GES qurilishi boshlandi.

    Ushbu loyiha qiymati 1 million dollarni tashkil etib, 500 dan ziyod xonadonlarni uzluksiz elektr energiyasi bilan taʼminlashga moʻljallangan.

    Eslatib oʻtamiz, mazkur loyihalar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PQ-57-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida amalga oshirilmoqda.