Qayd etilishicha, ushbu holat joriy yilning 24-iyul kuni soat 12:05 larda, Qo'rg'ontepa “Muruvvat” nogironligi bo'lgan bolalar uchun internat uyining 6-guruhida sodir bo'lgan.

Hozirda holatga konuniy baho berish bo'yicha Agentlikning Andijon viloyati boshqarmasi  tomonidan ishchi guruh tuzilib, Qo'rg'ontepa tumani prokuraturasi bilan hamkorlikda surishtiruv olib borilayotgani aytilmoqda.

“Ushbu holat bo'yicha kerakli choralar ko'rilmoqda. O'rganish natijalari bo'yicha qo'shimcha ma`lumot taqdim etiladi”, – deyiladi xabarda.