Oʻtkazilgan reyd tadbirlarida tumanning “Besh qovoq“ MFYda joylashgan “B. B. B.“ MCHJga qarashli binoda loyiha texnik hujjatlarisiz, nosoz holatdagi gaz hisoblash uskunasi bilan bir dona ohak xumdonida 20 dona nostandart gaz yondirgichlar orqali ohak tayyorlash uchun tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelinayotgani aniqlandi.
Tabiiy gazdan foydalanish shartnomasida tuz ishlab chiqarish maqsadida foydalanish koʻrsatilgan boʻlsada, MCHJ gazdan ohak ishlab chiqarishda foydalangan.
Bundan tashqari gaz hisoblash uskunasi nosozligi sabab MCHJ tarmoqdan uzilib, bir martalik tamgʻa oʻrnatilgan, biroq MJCH rahbari uni oʻzboshimchalik bilan buzib, tabiiy gazdan foydalanib kelgan.
Hozirda holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, tabiiy gaz sarfi qayta hisob-kitob qilindi va 5 milliard 358 million soʻmlik zarar aniqlandi. Barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.