Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining xabar berishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qoʻrgʻontepa tumani boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazildi.
Oʻtkazilgan tezkor tadbirda tuman tibbiyot birlashmasining kadrlar boʻlimi boshligʻi N.X. fuqaro X.M.ni ushbu tibbiyot birlashmasiga ishga qabul qilish masalasini hal qilib berishi evaziga 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ushlanib, uning koʻrsatuviga asosan davom etgan tadbirda Qoʻrgʻontepa tuman tibbiyot birlashmasi boshligʻi vazifasini vaqtincha bajaruvchisi Ya.A. fuqaro X.M.ni yuqumli kasalliklar boʻlimiga ishga qabul qilishi evaziga oʻz xizmat xonasida kadrlar boʻlimi boshligʻidan 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.