Ijtimoiy tarmoqlarda Andijonda soylardan birining ustiga yogʻochdan koʻprik oʻrnatib odamlardan pul ishlayotgan fuqaro toʻgʻrisida videolavha tarqaldi. Taʼkidlanishicha, iyul oyidagi tabiiy ofat sabab Aravonsoy koʻprigi avariya holatiga kelgan va koʻprikdan oʻtish toʻxtatilgan. Hozirda qurilish va taʼmirlash ishlari boshlangan.

10-oktyabr kuni soat 7:00 larda Bozorboshi MFY Chilonzor koʻchasida yashovchi, mukaddam sudlangan fuqaro X.N.Ismanov (1986-y.t.) soyga 2 ta yogʻochdan iborat koʻprik yasab odamlarni 1000 soʻm evaziga oʻtkazib qoʻyishni yoʻlga qoʻygan.

Ushbu holat Buloqboshi tumani sudida koʻrib chiqilgan. Fuqaro Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 183- (Mayda bezorilik) va 200-moddalari (Oʻzboshimchalik) bilan aybdor deb topilib, unga nisbatan 7 sutkaga maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.

Rasmiy sahifalar orqali koʻprik qurilishi tugallanib, foydalanishga topshirilmagunga qadar oʻz xayotlarini xatarga qoʻyib, soydan yasama koʻpriklar orqali oʻtmaslik xaqida ikkala tuman aholisi ogohlantirilgan.