Majburiy ijro byurosi Andijon shahar boʻlimi ish yurituviga qarzdor “Asl imperial servis” MCHJdan undiruvchi “Trastbank” XAB foydasiga jami 7 mlrd. 203 mln. soʻm kredit qarzini undirish boʻyicha ijro hujjati kelib tushgan.
Ijro hujjatida qarz undiruvini qarzdor jamiyatga tegishli boʻlgan Andijon shahrida joylashgan, qurilish maydoni 2549,93 kv.metr boʻlgan“choyxona” bino-inshootlariga qaratish belgilangan.
Ijro harakatlari davomida dastlab qarzdor jamiyatning bank hisob raqamlariga elektron tarzda inkasso topshiriqnomasi yuborilib, taqiq qoʻyilgan va garovdagi “choyxona” binosi xatlovga olingan.
Belgilangan ixtiyoriy muddatlarda kredit qarzi toʻlanmaganligi sababli, boshlangʻich qiymati 6 mlrd. 250 mln. soʻmni tashkil etuvchi “choyxona” binosi “e-ijro auksion” yagona elektron savdo maydonchasida sotish uchun chiqarildi.