SHu bilan birga, aholining uy-joy sharoitlarini yanada yaxshilash, jismoniy shaxslarga ipoteka krediti berishning zamonaviy bozor tizimini shakllantirish va rivojlantirishni, uy-joylar qurilishiga xususiy pudrat tashkilotlarini har tomonlama jalb qilish va bu tizimga to'liq o'tishni, tijorat banklari tomonidan moliyalashtirishni bosqichma-bosqich oshirishni, shuningdek, uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj oilalarni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlashda manzillilik va shaffoflikni kuchaytirishni taqozo etmoqda.
SHularni inobatga olib 2019 yil 21 noyabr` kuni prezidentimizning «Ipoteka krediti mexanizmlarini takomillashtirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi Farmoni qabul qilindi. Farmon bilan ayrim shaxslarga, shu jumladan, daromadi yuqori bo'lmagan va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo'lganlarga ipoteka krediti bo'yicha dastlabki badal va (yoki) foizlarning bir qismini qoplash uchun Davlat byudjeti mablag'lari hisobiga subsidiyalar to'lanishi belgilandi.
1 apreldan boshlab, Davlat xizmatlari markazlari va YAgona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali uy-joy sotib olish uchun subsidiya olish uchun arizalar qabul qilina boshladi.
SHu orqali aholining subsidiya olish uchun talaygina hujjatlar to'plab, qator idoralarda sarson bo'lib yurish hollariga chek qo'yildi.
SHu kunga qadar Andijon viloyati bo'yicha subsidiya olish istagida 125 nafar fuqaro hujjat topshirgan. Ayni paytda ularning hujjatlari tuman hokimliklari qoshida tashkil etilgan tegishli komissiyalari tomonidan ko'rib chiqilmoqda.
15 may kuni Izboskan tumani hokimligi qoshidagi komissiya tomonidan ilk ariza ko'rib chiqildi. Bank, moliya, soliq, mehnat, mahalla va boshqa idoralar vakillaridan tashkil topgan komissiya a'zolari ishtirokida fuqaroga subsidiya berish masalasi keng jamoatchilik bilan muhokama qilindi.
Muhokamalar yakuniga ko'ra, komissiya mamlakatimiz bo'ylab birinchilardan bo'lib uy-joy sotib olish uchun subsidiya taqdim etish to'g'risidagi ilk qarorini qabul qildi.
Unga ko'ra, Davlat xizmatlari markaziga hujjat topshirgan Izboskan tumani, Markaz mahallasida yashovchi Asqarjon Toshmatovning arizasi qanoatlantirilib, 200 million so'mdan yuqori bo'lmagan uy-joy sotib olish uchun subsidiya ajratildi.
- Tor bo'lsada bir xonadonda uch oila istiqomat qilamiz, - deydi Asqarjon Toshmatov. – Mana o'n yildirki, kichik bo'lsada o'zimning shaxsiy uyim bo'lishini xohlayman. Biroq bunga etarlicha imkoniyatimiz yo'q edi. Ommaviy axborot vositalari orqali davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan biz kabi yosh oilalarga ham subsidiyalar ajratilayotgani haqida eshitib qoldim. Dastlab hujjat topshirish borasida juda ko'p o'ylandim, hijolat bo'ldim. SHunda yaqinlari chiqmagan jondan umid deyshib, tavakkal qilib ko'rishimni so'rashdi. To'g'risi komissiyaning subsidiya ajratish bo'yicha qaror qabul qilishini kutmagandim. Bundan xursandman. endi biz ham zamonaviy uylarda yashaymiz. Bunday imkoniyatlarni yaratib berayotgan yurtboshimizga o'z minnatdorligimni bildiraman. Kelgusida farzandlarimni Vatan koriga yaraydigan, mamlakatimizni dunyoga tanitadigan insonlar qilib voyaga etkazishga harakat qilaman.
Ma'lumot uchun, subsidiya uchun joriy yil byudjetidan 1 trillion so'mga yaqin mablag' ajratiladi va umuman olganda respublika bo'yicha 16 mingta oilaning shahar va qishloqlarda uy-joylar sotib olishini qo'llab-quvvatlashga yo'naltiriladi.
Rustamjon ЕSHONOV.
Muallif olgan suratlar.