Andijonlik ota aliment oʻrniga oʻz “Damas“ini berdi

    Andijon tumanida farzandi uchun aliment toʻlashi belgilangan qarzdor ota aliment toʻlovi oʻrniga oʻz mashinasini berdi.

    Qayd etilishicha, fuqarolik ishlari boʻyicha Andijon tumanlararo sudining buyrugʻiga asosan O.X. bir nafar farzandi uchun 2019-yildan buyon aliment toʻlab kelgan. Profilaktik tadbirlar natijasida taraflar oʻzaro kelishishiga erishilgan va ota farzandi voyaga yetguniga qadar boʻlgan aliment toʻlovlari evaziga “Damas“ avtomashinasini berishini maʼlum qilgan.

    Undiruvchi G.X. ham bu taklifga rozi boʻlgani holda aliment toʻlovlari oʻrniga avtomashinani qabul qilib oldi.