Bu haqda FVV xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, 14 aprel kuni soat taxminan 11:30 larda “Yangifargʻona” MFY, “Doʻstlik” ko‘chasidagi uylaridan birida quduq qazish jarayonida fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan.
Hodisa guvohlari zudlik bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligiga murojaat qilgan. Qutqaruvchilar voqea joyiga tezkor yetib borib, quduqda hushini yo‘qotgan fuqaroni yuqoriga olib chiqqan.
Qutqaruvchilarning tezkor harakatlari tufayli fuqaroning hayoti saqlab qolingan.