Avval xabar qilinganidek, 36 yoshli jurnalist Aleksandr Nechayev vafot etganligi holati tekshirish oʻtkazilmokda.

Sud-tibbiyot ekspertizasining dastlabki xulosasiga koʻra, A.Nechayevning oʻlimi “surunkali yurak-oʻpka yetishmovchiligi, yurakning surunkali ishemik kasalligi”dan kelib chiqqan.

A.Nechayevning tanasi koʻzdan kechirilganda tan jarohatlari aniqlanmagan.

Tekshirish davom etmoqda deb xabar berdi Bosh prokuratura axborot xizmati.