Euronews xabariga ko'ra, Buyuk Britaniyada 30 million kishi koronavirusga qarshi emlashning birinchi dozasini olganiga qaramay, rasmiylar yaqin kelajakni ehtiyotkorlik bilan prognoz qilishni afzal ko'rishmoqda.

Dushanba kuni Fransiyaning intensiv terapiya bo'limlarida oktyabr` oyining antirekordlari yangilandi. Kuzatuvchilarning ta'kidiga ko'ra, Prezident Makron shifokorlar, o'qituvchilar va qo'shni davlatlar rasmiylarining  chegaralarni yopish to'g'risidagi da'vatiga qaramay, umummilliy karantin joriy etilishiga qarshi turishda davom etmoqda.  

Vengriyada esa koronavirus cheklovlari 8 aprelga qadar uzaytirildi. Mamlakatda komendantlik soati amal qilmoqda, restoranlar, madaniyat muassasalari, do'konlar va maktablar yopiq qolmoqda.

Vengriya aholisining 21,6 foizdan ko'prog'i kamida bir doza vaksina bilan emlangan. Bosh vazir Viktor Orban radioga bergan interv`yusida Vengriya tashqi ishlar vaziri Peter Siyyartoning maslahati bilan Rossiyaning “Sputnik V” vaksinasi sotib olinganini aytdi. U 2020 yilda G'arb vaksinalarini etkazib berish bilan bog'liq qiyin vaziyatni oldindan bilgan.