Korxona aksiya paketini xususiylashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro jarayon natijalari Davlat mulkini sotishda tender savdolarini o‘tkazish bo‘yicha davlat komissiyasining tegishli qarori bilan ma’qullangan.
Bunda, Davaktiv agentligi tomonidan eng maqbul takliflarni tanlab olish asosida “Portfolio Investments” MCHJ xususiylashtirish bo‘yicha konsultant sifatida jalb etilgan va korxonani mustaqil baholash “Baholash va konsalting markazi” MCHJ tomonidan amalga oshirilgan.
Ma’lumot uchun, "Angren Pipe plant" MCHJ – O‘zbekistonda turli diametrli mis quvurlar ishlab chiqaruvchi korxona bo‘lib, quvvati yiliga 8 000 tonnani tashkil etadi. Asosiy xomashyo Markaziy Osiyo mintaqasidagi eng yirik tog‘-kon va qayta ishlash korxonalaridan biri bo‘lgan “Olmaliq KMK” AJ tomonidan mis yetkazib beriladi.