Prezident qarori bilan 2021-2022-yillarda Toshkent viloyatining Ohangaron tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi tasdiqlandi.
Qarorga koʻra, Angren shahrining “Nurobod” qoʻrgʻoni, shuningdek Oʻrtachirchiq tumanidagi “Baxt”, “Tosh DAU”, “A.Navoiy” va “Oʻrtasaroy” hududlarining 2-uchastkalari Ohangaron tumaniga oʻtkaziladi.
Tumanda sanoat, qishloq xoʻjaligi, xizmatlar, servis va savdo sohalari, boʻsh turgan bino va inshootlardan samarali foydalanish boʻyicha 527 ta loyihalarning amalga oshirilishi va bu orqali 13 ming 192 ta yangi ish oʻrinlarining yaratilishi belgilangan.
Shuningdek, qaror bilan tumandagi investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarni bajarish sharti bilan “bir soʻm” boshlangʻich qiymatda “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida auksion savdolariga chiqariladigan davlat mulki obyektlari (15 ta) roʻyxati tasdiqlandi.