Qayd etilishicha, departament hamda IIBning Аngren shahar boʼlimlari tomonidan tezkor tadbir oʼtkazilgan. “Chinobod” MFY hududida “MAN” rusumli avtomashina toʼxtatib koʼzdan kechirilganda fuqaro N.X. faoliyati tugatilgan “K.B.” MChJning soxta yuk xati asosida aholi uchun ajratilgan 28,6 tonna koʼmirni qayta sotish maqsadida olib ketayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, tergov harakatlari oʼtkazilmoqda.