Angren shahar Davlat xizmatlari markazida Oʻzbekiston va Tojikiston Respublikasi bilan hamkorligida “ANGREN XOʻJAND GROUP” masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi qoʻshma korxona davlat roʻyxatidan oʻtdi.
“ANGREN XOʻJAND GROUP” qoʻshma korxonasi “Angren” erkin iqtisodiy zonasida ishlab chiqarishga yuqori texnologiyalar va nou-xaularni faol tatbiq etib, ichki bozorni boyitadigan va eksport salohiyatini kengaytirishda yordam beradigan qurilish va xoʻjalik mahsulotlari ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyadi.
Korxona ishga tushishi natijasida dastlab 40 ta yangi ish oʻrni yaratilishi kutilyapti. Kelgusida mahsulot turlarini koʻpaytirish va ishlab chiqarishni kengaytirish hisobiga qoʻshimcha ish oʻrinlari yaratilishi koʻzda tutilgan.
Eslatib oʻtamiz, 2020-yilda Angren shahar Davlat xizmatlari markazida 468 ta yuridik shaxs, 547 ta yakka tartibdagi tadbirkorlar davlat roʻyxatidan oʻtgan.
Gʻayrat Ahmedov,
Angren shahar Davlat xizmatlari markazi direktori