Ta'kidlash joizki, avvalgi xususiylashtirish jarayonlarida xorijiy professional konsul`tantlar bilan bir qatorda ko'plab mahalliy konsalting kompaniyalari ishtirok etgani mazkur sohada raqobat muhiti yanada oshayotganligini hamda mahalliy bozorda salohiyatli konsalting kompaniyalar soni ortib borayotganligini ko'rsatadi.
Davaktiv agentligi tomonidan xususiylashtirish jarayonlariga tenglik va raqobat tamoyillariga asoslangan tanlov orqali konsalting kompaniyani jalb etilishi mahalliy bozorda ushbu sohani yanada rivojlanishiga poydevor bo'lmoqda.
Barcha konsalting kompaniyalarni Taklif taqdim etish uchun so'rovnomaga (RfP) asosan tijorat takliflarini joriy yil 6 sentyabr` kuni soat 18:00 (Toshkent vaqti bilan)ga qadar taqdim etishlari kerak ekan.