Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi maʼlum qildi.
Agentlik Turkiyaning yirik sanoat va tijorat guruhlaridan biri — «Anadolu Group» tarkibiga kiruvchi «Anadolu Isuzu» kompaniyasi bilan davlat ulushini sotish boʻyicha kelishuvga kelgan edi.
Kelishuvga muvofiq:
- Investor davlat ulushi uchun 80 mln AQSH dollari toʻlashni amalga oshirdi;
- korxonani rivojlantirish maqsadida texnik-iqtisodiy baholash xulosalari asosida qoʻshimcha 80 mln AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritishi belgilangan.
19-noyabr kuni ulushni sotib olish boʻyicha oldi-sotdi shartnomasi imzolandi.
9-dekabr kuni esa 80 mln dollarlik toʻlov Xususiylashtirish jamgʻarmasiga kelib tushdi.
Shundan soʻng, jamgʻarma tomonidan 1 trln soʻm mablagʻ 10-dekabr kuni Respublika byudjetiga oʻtkazildi.
Yaqin kunlarda Investorning majburiyatlarini belgilaydigan investitsiya shartnomasi rasmiylashtiriladi. Agentlik jarayonda ishtirok etgan barcha manfaatdor tuzilmalarga, shuningdek, xalqaro maslahatchilar — KPMG va Dentons kompaniyalariga minnatdorlik bildirdi.








