FVV matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, kecha, 28fevral kuni soat 15:40 da Surxondaryo viloyati, Jarqo‘rg‘on tumani, Do‘stlik MFY hududidan oqib o‘tuvchi Zang kanaliga yuk mashinasi tushib ketgan.

Bu to‘g‘risida viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgan. Zudlik bilan voqea joyiga FVB yong‘in qutqaruv otryadi yetib borib, maxsus texnikalar yordamida yuk mashinasi kanaldan chiqarib olingan.

Voqea natijasida tan jaroxati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.