"Anomal issiq" va "anomal sovuq" haqidagi xabarlarni qayerdan olish mumkin?

    So‘nggi paytda OAVda "anomal issiqlik", "anomal sovuq", "ekstremal ob-havo" iboralari tez-tez quloqqa chalinmoqda. Ammo bu rekordlar kim tomonidan chiqariladi va tasdiqlanadi? Masalan, iyul oyidagi jaziramani tarixiy rekord deb atash uchun asos bormi?

    Meteorologlar maʼlumotiga ko‘ra, butun dunyoda ob-havo turli usullar bilan bashorat qilinadi. Bunda nafaqat harorat, balki bosim, namlik, shamol tezligi va yog‘ingarchilik miqdori ham qayd etib boriladi.

    Maʼlumotlar meteostansiyalar, meteorologik sharlar, okean va kosmosdagi sunʼiy yo‘ldoshlardan olinadi.

    Jahon meteorologiya tashkiloti yuqoridagi barcha obyektlar uchun qatʼiy standartlarni belgilaydi. Bu butun sayyorada maʼlumotlarni o‘lchashning yagona tizimini taʼminlash uchun qilinadi.

    Temsin Grin, Weather and Radar kompaniyasi meteorologi:

    - Harorat sensorlari Yerlan 2 metr yuqorida, tekis yuzada o‘rnatiladi. Uskuna atrofida daraxtlar va binolar bo‘lmasligi kerak. Ular oq rangga bo‘yalgan meteoqutilar bilan o‘raladi.

    Eng qizig‘i, rekord harorat qayd etilganini tasdiqlash uchun sarflanadigan vaqtdir. Masalan Italiyada kuzatuvlar tarixidagi eng yuqori harorat 2021 yil avgustida kuzatilgan. Ammo rasman bu rekord 2023 yil 17 iyulida tasdiqlandi. Xo‘sh, nega bunday bo‘ladi?

    Har bir mamlakatning o‘z milliy meteorologik xizmati mavjud. Jahon meteorologiya tashkiloti esa butun dunyo bo‘ylab 11 000 ga yaqin meteostansiyaga egalik qiladi.

    Biror xizmat xodimlari rekord o‘rnatilgan deb hisoblasa, JMTga maʼlumotlarni yuboradi. Tashkilot ekspertlari esa barcha omillarni baholab chiqadi. Bunga foydalanilgan uskunalardan tortib, atrof-muhit va ehtimoliy xatoliklar kiradi. Shuningdek, ular taqqoslash uchun eng yaqin meteostansiya maʼlumotlarini ham oladi. Masalan, bir stansiya 45 daraja harorat qayd etsa-da, undan 5 km masofadagi stansiya 25 daraja qayd etsa, rekord noto‘g‘ri o‘rnatilgan bo‘ladi.

    Sayyora bo‘ylab kuzatilgan rekordlar esa bir davlat rekordidan boshqacha tekshiriladi. Bunda aynan biror bir meteostansiya maʼlumotlari emas, global tasvir ko‘rib chiqiladi.

    Meteorologlarning so‘zlariga ko‘ra, agar prognozda harorat yozilgan bo‘lsa, u albatta 2 metr balandlikdan olingan bo‘ladi. Ayrim hollarda "his qilinadigan harorat" ham ko‘rsatiladi, ammo bu ilmiy atama emas. "His qilinadigan harorat" shamol tezligi, issiqlik indeksi va boshqa omillarni qamrab oladi. So‘nggi yillarda yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli juda bahslarga sabab bo‘lmoqda. Ammo nima bo‘lganda ham, meteorologlar smartfondagi ob-havo bashorati kuningizni yomon o‘tkazishga sabab bo‘lmasligini tavsiya qiladi.