2023 yilning 17 apreldan e’tiboran AnadoluJet Turkiya poytaxti Anqaradan, poytaxtimiz Toshkent shahriga to'g'ridan-to'g'ri parvozlarni yoʻlga qoʻydi.
Ilk marotaba, 18 aprel kuni mahalliy vaqt bilan soat 04:10 da Anqaradan Toshkent aeroportiga yetib kelgan AnadoluJet aviakompaniyasining Boeing 737-800 rusumli samolyoti, O‘zbekiston Fuqaro Aviatsiyasi agentligining bosh direktori Tohir Nazarov, Turkiya Respublikasining Toshkentdagi elchisi Olgan Bekar va Turk Havo Yo'llarining Toshkentdagi ofisi menejeri Selim Kahriman samolyot zinapoyasi oldidagi lentani kesib, yo‘lovchilar va ekipaj a’zolarini tantanali qarshi oldilar.
Shu o'rinda, Turk Havo Yo'llari va AnadoluJet bo'yicha chipta narxlarini qiyoslaydigan bo'lsak, AnadoluJetda, Toshkent – Anqara yo'nalishi uchun chiptalar qiymati bugungi kunda 2,4 million so'mni tashkil etsa, Anqara – Toshkent yo'nalishi uchun 1,7 million so'm etib belgilangan. Ushbu yo`nalishdagi yo'nalishlar haftada bir marta — dushanba kunlari muntazam ravishda amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Turk Havo Yo'llarida esa ko'rsatkichlar biroz yuqori bo'lib, unda Toshkent – Istanbul yo'nalishi uchun bugungi kundagi chipta narxlari 2,8 million so'mdan boshlansa, Istanbul – Toshkent reyslari uchun, 4,7 million so'mni tashkil etmoqda.
Ma’lumot o'rnida, AnadoluJet bosh qarorgohi Anqarada joylashgan. U Turk Havo Yo'llarining qo'shimcha tarmog'i bo'lib, ekonom klass yo'lovchilari uchun imtiyozli narxdagi parvozlar va sifatli xizmatlarni taqdim etib kelmoqda.
Rivojlanayotgan texnologiyaga innovatsion yondashuvi bilan qiymat qo'shayotgan ushbu brend oldindan “O'rindiq va taom tanlash” kabi imkoniyatlari bilan xizmat sifatini oshirishda davom etmoqda.
Aviakompaniya parkida 77 ta samolyot mavjud bo‘lib, ular 89 ta yo‘nalishda ichki va xalqaro reyslarni amalga oshiradi.