Antibiotiklarni qa’tiyan mutaxasis ko‘rsatmasiga binoan qo‘llash lozim.
Aynan belgilangan soatlar paytida qabul qilish. Buning sababi bir marta qabul qilingan (masalan amoksisisilin) dori uzog‘i bilan 8 soat davomida ta’sir ko‘rsatadi. Mikroblar doriga ko‘nikib chidamli bo‘lib qolmasligi uchun ularga doimo 24 soat davomida ta’sir ko‘rsatish kerak. Shuning uchun dorini qabul qilish vaqtini o‘tkazib yubormang.
3 kun qoidasi. Kasallikning barcha belgilari yo‘qolgandan keyin 3 kundan keyin dorini iste’mol qilishni to‘xtatish kerak. Undan ertaroq to‘xtatish kasallikni surunkali ko‘rinishga o‘tish yoki qaytalash xavfini keltirib chiqarishi mumkin.
Uzoq muddat antibiotiklar qabul qilish vaqtida ichak mikroflorasini tiklash va himoya qilish uchun shifokor maslahati bilan probiotiklarni qo‘llash zarur. Antibiotiklar organizimdagi zararli mikroblar bilan birga ko‘pincha ichakdagi foydali bakteriyalarni ham nobud qiladi. Va hazm tizimida muammolarga olib keladi. Shu sababli probiotiklar organizmga yordam beradi.
Dorini qabul qilish tartibini ovqatdan oldinmi, keyinmi shuningdek, nima bilan ichish kerak, shunga o‘xshash ko‘rsatmalarni mutaxassisdan yoki dorining yo‘riqnomasidan aniqlashtiring.
Davolash kursi vaqtida parhezga amal qiling. Alkogol, nordon mahsulotlar, dudlangan va sho‘r taomlarni iste’mol qilmang.