Changli havoda qanday tavsiyalarga amal qilish kerak?

    Dolzarb 23 Sentabr 2025 481

    Havo tarkibidagi chang zarralari uylar, ishxonalar, avtomobillarning eshik – derazalaridan sizib kirib, yopiq xonalar havosini ham chang zarrachalari bilan ifloslantirishi mumkin.

    “Sanepidqoʻmita” bunday paytda qanday harakatlanish kerakligi toʻgʻrisida maʼlumot berdi.

    Unga koʻra, changli havoda quyidagi chora-tadbirlarni koʻrishni tavsiya qilingan:

    • Koʻchaga iloji boricha kamroq chiqish;
    • Ishga, oʻqishga, xarid uchun koʻchaga chiqqanda tibbiy niqob taqish va har 2 soatda almashtirish;
    • Koʻchadan uyga qaytgach dush qabul qilish (soch va yuz-koʻzlarni yaxshilab yuvish);
    • Kalit, koʻzoynak, telefon va sumkani namlangan salfetka bilan yaxshilab artish;
    • Koʻchaga kiyib chiqqan kiyimlarni yuvish;
    • Ustki kiyimlarni (kostyum, plash, palto va boshqalar) maska taqqan holda tashqarida yaxshilab qoqish;
    • Nim taʼsir etuvchi tuzli suv bilan tomoq va burunlarni tez-tez chayish;
    • Koʻproq suyuqlik (iliq) ichish, iloji boʻlsa koʻk choy, naʼmatak damlamasini ichish;
    • Yogʻli, qovurilgan, dudlangan, tuzlangan, shoʻr, achchiq taomlarni cheklash;
    • Suyuq sabzavotli taomlar, sut va sut mahsulotlari (qatiq, kefir va boshqalar), koʻkatlarni isteʼmol qilish.
    • Changni koʻp toʻplanishini oldini olish va uyni hamda yuzalarni toʻgʻri tozalash kerak:
    • Uy, ishxona va mashina eshiklari va derazalarini zich yopish;
    • Chang yigʻilishi mumkin boʻlgan hamma narsalarni chang yutkich yordamida tozalash kerak (gilam, yumshoq mebel, yumshoq oʻyinchoqlar va boshqalar). Yumshoq mebelni qoqishdan avval usti namlangan latta bilan oʻralishi tavsiya etiladi.
    • Chang yigʻilishi mumkin boʻlgan barcha yuzalarni (pol, shkaf, ishchi yuzalar va boshqalar) kun davomida bir necha marta namlangan latta bilan yaxshilab artish kerak;
    • Oyoq kiyimlarini eshik oldida qoldirish va imkon qadar tezroq yuvib qoʻyish kerak;
    • Xona havosi optimal namligini taʼminlash: hoʻl sochiqlarni xonalarga osish, kattaroq sigʻimli idishlarga suv solib qoʻyish.

    Nafas yoʻli surunkali kasalliklari bor yurtdoshlarimizga changli havoda tashqariga chiqmaslik tavsiya qilindi.