Muloqot davomida Oʻzbekistondagi islohotlar yoʻnalishi va koʻlami, jumladan, ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish, soʻz erkinligini taʼminlash, davlat organlari axborot xizmatlari faoliyatini kuchaytirish borasida olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Chakrabartining taʼkidlashicha, oʻz fuqarolarining xohish-istaklarini eshitadigan davlat ularning fikrlariga munosabat bildiradi. Bu yoʻnalishni kuchaytirish zarur, sababi aholining muayyan qatlamlari, xususan, yoshlar oʻzlari maʼqul koʻradigan aloqa kanallariga ega.

“Tashkilotingizning tajribasi va imkoniyatlari bu borada asosiy rol oʻynaydi”, — deya taʼkidladi maslahatchi.
A.Xodjayev oʻz oʻrnida, keyingi yillarda mamlakatimizda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ochiqligi, soʻz va axborot erkinligini taʼminlash, ommaviy axborot vositalari faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilayotgani, davlatimiz rahbari tomonidan ochiqlik davlat siyosati darajasiga olib chiqilayotganini qayd etdi.

Suhbat yakunida axborot sohasini yana-da rivojlantirishga doir qator loyihalarni birgalikda amalga oshirish hamda barcha yoʻnalishlar boʻyicha hamkorlik qilishga kelishib olindi.