“Ekvador va AQSh qurolli kuchlari terrorchi tashkilotlar deb topilganlarga qarshi operatsiyalarni boshladi”, deyiladi X ijtimoiy tarmog‘idagi bayonotda.
Qo‘mondonlik Vashingtonning Lotin Amerikasidagi hamkorlarining narkoterrorizmga qarshi kurashishga sodiqligini bildirdi.
O‘z navbatida, Ekvador giyohvand moddalar savdosi va foydali qazilmalarni noqonuniy qazib olishga qarshi kurashda yangi bosqich boshlanganini e’lon qildi.
Rasmiy bayonotlar va Ekvador ommaviy axborot vositalari xabarlariga ko‘ra, AQSH dekabr oyida Manabi viloyatidagi sobiq AQSh bazasiga shaxsiy tarkibni joylashtirishni boshladi. Yetkazib berilgan texnikalar orasida samolyotlar, dronlar va radarlar ham bor edi, deb xabar berdi ria.ru.
O‘tgan yili AQSh giyohvand moddalar tashishda foydalanilgan deb taxmin qilingan katerlarni yo‘q qilish uchun mintaqadagi harbiy kuchlardan foydalanishni boshladi. AQSh rasmiylarining fikriga ko‘ra, bunday operatsiyalar transmilliy jinoyatchilik va xavfli moddalar savdosiga qarshi kurashishga qaratilgan.