AQSh gipertovushli qurollarni kuzatuvchi sun'iy yo'ldoshlarni koinotga olib chiqadi

    AQSh orbitaga gipertovushli qurollarni kuzatuvchi sun'iy yo'ldoshlarni olib chiqadi, deya xabar beradi Pentagonning raketaga qarshi mudofaa agentligi.

    “Raketaga qarshi mudofaa agentligi va Koinotni rivojlantirish agentligi oltita sun'iy yo'ldoshni Yer orbitasining quyi qismiga olib chiqishini e'lon qildi”, deyiladi agentlik saytida e'lon qilingan bayonotda.

    Sun'iy yo'ldoshlardan ikkitasi gipertovushli va ballistik raketalarni kuzatuvchi qurilmalar bilan jihozlanadi, qolgan to'rttasi esa qiruvchi samolyotlarni kuzatish tizimining bir qismi bo'ladi, deb xabar beradi ria.ru.