AQSH olimlari: “SOVID-19 kemiruvchilar orasida tarqalmoqda”

    Amerika Mikrobiologiya jamiyati olimlari koronavirusning “alfa”, “delta” va “omikron” shtammlari kemiruvchilar nafas yo‘llarida ko‘payishini aniqladi.

    Xususan, Nyu-York shahridagi kulrang kalamushlarning 16,5 foizdan ortig‘i SOVID-19 bilan kasallangani aytilmoqda. Bu esa kelgusida virusning jonivorlardan odamlarga yuqish xavfini oshirishi mumkin.

    Shu bois mutaxassislar pandemiyaning yangi to‘lqini avj olmasligi uchun kalamushlar populyasiyasini nazorat qilish zarur, deb hisoblamoqda.

    Qolaversa, Kolumbiyaning Missuri universiteti professori Van Syufen kemiruvchilar orasida insonlar uchun qo‘shimcha xavf tug‘diruvchi yangi mutasiyalar paydo bo‘lish ehtimolini tadqiq etish lozim, degan xulosada.

    Eslatib o‘tamiz, yaqinda Fransiyada o‘tkazilgan tadqiqot natijasida uy mushuklarining taxminan 10 foizi SARS-CoV-2 bilan kasallangani aniqlangan edi.

    Shu sababli ekspertlar kasallikni jilovlashning eng to‘g‘ri va samarali yo‘li to‘liq bosqichda hamda buster dozada emlanish, deb ta’kidlamoqda.