AQSh Prezidenti Donald Tramp po'lat va alyuminiy importiga bojlarni 25 foizdan 50 foizga oshirishni ma'qulladi. Oq uy 3-iyun, seshanba kuni Davlat rahbarining tegishli farmoyishni imzolaganini ma'lum qildi.
“Men po'lat mahsulotlari va po'latdan yasalgan buyumlar, al`yuminiy mahsulotlari va al`yuminiydan yasalgan mahsulotlar importiga tarif stavkalarini oshirish zarur va maqsadga muvofiq ekanligini aniqladim... 2025 yil 4-iyun Sharqiy sohil vaqti bilan soat 12:01 da kuchga kiradi”, deyiladi hujjatda.
Unda yana aytilishicha, Vashington va London o'rtasida 8-maydagi iqtisodiy taraqqiyot kelishuviga rioya etilishini ta'minlash uchun Buyuk Britaniya bu rejimdan xoli bo'ladi.
Yangi bojlar 4-iyun chorshanba kuni ertalab soat 6:00 da kuchga kirdi, deb xabar beradi dw.com.