Mubolagʻasiz aytish mumkinki: albom madaniy merosning yeng yirik va yeng noyob namunalarini oʻz ichiga olgan.
“Oʻzbekiston madaniy merosi AQSH va Kanada shaxsiy toʻplamlarida” nomi ostida nashr yetilgan jild ikki yil davomida tayyorlangan. Jildning oʻziga xos xususiyati shundaki, baʼzi maqolalar toʻplam yegalari tomonidan, baʼzilari yesa toʻqimachilik sohasi boʻyicha oʻz izlanishlarini olib borayotgan mutaxassislar tomonidan yozilgan.
“Oʻzbekistonning madaniy merosi jahon toʻplamlarida” loyihasi tomonidan amalga oshirilayotgan tadqiqot tashabbuslari Oʻzbekiston madaniy merosini oʻrganish, saqlash va ommalashtirishga qaratilgan. Loyihalar Eriell Group xalqaro neft servis kompaniyasi koʻmagida amalga oshirilmoqda.