AQSh Vitse-prezidenti Jey-Di Vens agar Rossiya “vijdonan” muzokaralar olib bormasa, AQSh o'z qo'shinlarini Ukrainaga yuborish variantidan butunlay voz kechmasligini ma'lum qildi, deb yozadi Wall Street Journal.
“Vens, agar Moskva vijdonan muzokaralar olib borolmasa, Ukrainaga amerikalik qo'shinlarni yuborish varianti “ko'rib chiqilishi”ni aytdi”, deyiladi nashr maqolasida Amerika Vitse-prezidentining intervyusiga tayanib.
O'tgan yilning iyun oyida Putin mojaroni tinch yo'l bilan hal qilish tashabbuslarini ilgari surgan edi. Rossiya zudlik bilan o't ochishni to'xtatadi va muzokaralarga tayyorligini e'lon qiladi, agar:
Ukraina NATOga kirish rejalaridan rasman voz kechsa;
Ukraina qurolli kuchlari Rossiyaning yangi hududlarini tark etsa;
Kiyev hukumati demilitarizatsiya va denatsifikatsiyani amalga oshirsa;
Mamlakat neytral, qo'shilmaslik va yadrosiz maqomga ega bo'lsa.
Davlat rahbari shu nuqtai nazardan Rossiyaga qarshi sanksiyalar bekor qilinishini ham tilga olgandi, deb xabar beradi ria.ru.