Suhbat chogʻida Oʻzbekiston va USAID oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarning holati va istiqbollari muhokama etildi.
Afgʻonistondagi vaziyat va mamlakatda gumanitar inqirozning oldini olish boʻyicha zarur yordam koʻrsatishning ahamiyati xususida fikr almashildi.
Mamlakatimizda sogʻliqni saqlash, taʼlim, qishloq xoʻjaligi sohasidagi dasturlarni amalga oshirish, sud-huquq tizimini takomillashtirish, Oʻzbekistonning “COVID-19”ga qarshi kurashini qoʻllab-quvvatlash borasidagi hamkorlikni davom ettirish yuzasidan kelishuvga erishildi, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.