Xyuston va Nyu-Orleandagi qator tadqiqot markazlari va universitetlarining amerikalik olimlari giyohvand moddalarga tobelikka qarshi dunyodagi birinchi vaksinani ishlab chiqishdi.

Mutaxassislarning ta'kidlashicha, giyohvandlikni davolash mumkin bo'lishiga qaramay, odamlarning 80 foizi yana qayta unga mubtalo bo'lyapti.

Shu bilan birga, fentanilning ikki milligramm dozasi halokatli bo'lishi mumkin, chunki bu dori geroindan 50 baravar va morfindan 100 baravar kuchliroqdir.

“Bizning vaksinamiz fentanilga qarshi antitanachalarni ishlab chiqarishga qodir, ular yutilgan fentanil bilan bog'lanadi va uning miyaga yetib borishini oldini olib, uning buyraklar orqali chiqarilishiga imkon beradi”, deydi Xyuston universiteti dotsenti Kolin Xeyl.

Bundan tashqari, olimlar vaksina kiritilgandan so'ng odam eyforiyani his qilmasligi, balki oqilona fikrlashga qaytishi mumkinligini ta'kidlashdi.