“Tiranozavrlarning paydo bo'lish joyi va vaqti hali ham noma'lumligicha qolmoqda: ular Osiyoda ham, hozirgi Shimoliy Amerikaning g'arbiy qismi bo'lgan Laramidiyada ham paydo bo'lgan bo'lishi mumkinligi haqida taxminlar mavjud. Biz qirollik tiranozavrlari paydo bo'lgunga qadar 6-7 million yil davomida Laramidiya hududida yashagan va kattaligi ularday keladigan, ilgari noma'lum bo'lgan Tyrannosaurus mcraeensisn tiranozavr turini topdik, deydi tadqiqotchilar.

Bat universiteti (Buyuk Britaniya) dotsenti Nikolas Longrichning ilmiy guruhi joriy asr boshida Nyu-Meksiko janubida topilgan bir qancha qadimiy tiranozavrlarning jag' va umurtqalari bo'laklarini o'rgangach, bu tiranozavrning yangi turi ekanini aniqlashdi, deb xabar beradi tass.ru.