АQSHga borishni rejalashtirayotgan Oʼzbekiston fuqarolari uchun muhim talablar maʼlum qilindi

    АQShning Toshkentdagi Elchixonasi maʼlumotlariga koʼra,  8-noyabrdan boshlab АQShga kiruvchi xorijiy mamlakatlar fuqarolari АQShga joʼnab ketayotgan samolyotga chiqishlaridan oldin COVID-19 ga qarshi toʼliq emlanganini tasdiqlovchi hujjat taqdim etishlari shart.

    Kasallikni nazorat qilish va oldini olish markaziga (CDC) koʼra, Oziq-ovqat va farmatsevtika idorasi (FDA) tomonidan tasdiqlangan yoki ruxsat etilgan, shuningdek, JSST tomonidan favqulodda vaziyatlarda foydalanish uchun roʼyxatga olingan vaktsinalar Qoʼshma Shtatlarga kirish uchun maqbul deb hisoblanadi.

    Bu cheklovlar immigratsiya vizasi mavjud shaxslarga; diplomatik va rasmiy kanallar orqali АQSHga tashrif buyuradiganlar; 18 yoshgacha boʼlgan bolalarga taalluqli emas (qoʼshimcha maʼlumotlar Elchixonaning saytida mavjud).

    Shu munosabat bilan Vazirlik АQShga borishni rejalashtirayotgan Oʼzbekiston Respublikasi fuqarolariga yuqoridagi talablarni inobatga olishni tavsiya qiladi.