Hodisa yuz bergan hududga yaqin joyda bo'lgan aholi va korxona xodimlari evakuatsiya qilindi.
Qayd etilishicha, hodisa natijasida hech kim jabrlanmadi, shuningdek, odamlar uchun xavf yo'q. Poyezdda silikon granulalar bo'lgan, biroq mazkur material xavfli emas.
Politsiya hodisa sabablarini hali aniqlagani yo'q, deb xabar beradi mir24.tv.