Tadqiqot shuni koʻrsatdiki, vaksinaning bir dozasidan keyin baʼzi antitanachalar ishlab chiqarildi, ammo toʻrt haftadan keyin ikkinchi doza talab qilindi, shundan soʻng barcha 45 nafar koʻngillilarda emlash kuchli immunitet javobini keltirib chiqardi.

“COVID-19 vaksinasiga nomzod bizning mRNA-1273 ragʻbatlantiruvchi va klinik rivojlanishidagi muhim qadamdir”, dedi Moderna bosh direktori Stefan Bansel.

Natijalarga koʻra, 100 mkg dozada ikkinchi emlashdan keyin tez-tez uchraydigan nojoʻya taʼsirlar – yengil va oʻrtacha darajadagi charchoq, titroq, bosh va mushaklarning ogʻrigʻi tezda oʻtib ketdi.

Tadqiqotda Jorjiya shtatidagi Siyetl va Emori universitetida 18 yoshdan 55 yoshgacha boʻlgan 45 nafar sogʻlom koʻngilli ishtirok etdi. Ishtirokchilarga 25, 100 va 250 mikrogramda, uch dozadan Moderna vaksinasi berildi.

Moderna 27-iyul kuni 3-bosqichda,87 ta joyda 30 000 ishtirokchini qamrab olgan vaksina tadqiqotini yana-da kengroq boshlashi kutilmoqda.