Joriy yilning 17 — 25-avgust kunlari Qozogʻiston Respublikasining Olmaota shahrida armrestling boʻyicha Osiyo chempionati boʻlib oʻtdi.
Mazkur musobaqada 12 ta Osiyo davlatlaridan 500 nafardan ortiq sportchi ishtirok etdi. Oʻzbekiston milliy terma jamoasidan Oʻzbekiston sport ustasi, respublika chempionati gʻolibi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi “Qamchiq” Maxsus qidiruv yongʻin-qutqaruv boshqarmasining yoʻriqchi qutqaruvchisi, kichik serjant Mirabdulla Mirkomilov, Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi 5-bosqich kursanti, Oʻzbekiston kubogi gʻolibi Xurmatillo Madazimov hamda Akademiyaning Harbiy va jismoniy tayyorgarlik kafedrasi oʻqituvchisi, Oʻzbekiston sport ustasi Rustam Choriyev ishtirok etdi.
Qizgʻin va murosasiz kechgan mazkur armrestling sport musobaqasida mamlakatamiz milliy terma jamoasining turli vazn toifasidagi
60 nafarga yaqin sportchilari qatnashib, umumiy hisobda ikkinchi oʻrinni egalladi. Kattalar oʻrtasida faol ishtirok etgan Favqulodda vaziyatlar vazirligi “Qamchiq” Maxsus qidiruv yongʻin-qutqaruv boshqarmasining yoʻriqchi qutqaruvchisi, kichik serjant Mirabdulla Mirkomilov 90 kg vazn toifasida oʻng qoʻl bilan ikkinchi oʻrinni, chap qoʻl bilan esa uchinchi oʻrinni, 75 kg vazn toifasida kattalar oʻrtasida shiddatli bahs olib borgan Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi 5-bosqich kursanti Xurmatillo Madazimov oʻng qoʻlda ikkinchi oʻrinni egallagan boʻlsa, kattalar oʻrtasida 65 kg vazn toifasida qatnashgan, Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi Harbiy va jismoniy tayyorgarlik kafedrasi oʻqituvchisi, katta leytenant Rustam Choriyev esa chap qoʻlda uchinchi oʻrinni egalladi.
Musobaqa yakunida, gʻolib sportchilar tashkilotchilar tomonidan diplom, medal va esdalik sovgʻalar bilan taqdirlanishdi.
Farhodjon XOJAYEV,
FVV Akademiyasi
katta oʻqituvchisi,
kapitan