Arnasoy suv ombori hududida noqonuniy baliq ovlayotgan shaxslar ushlandi

    Ular taqiqlangan ov anjomlaridan foydalanib, hayvonot dunyosiga 201,1 mln soʻm zarar yetkazgan.

    Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi boʻlimi bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar L.T. va B.M. “Arnasoy” suv ombori hududida hech qanday hujjatlarsiz taqiqlangan ov anjomlaridan foydalanib, jami 343 bosh baliq ovlab, hayvonot dunyosiga 201,1 mln soʻm zarar yetkazganliklari aniqlangan.

    Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 202-moddasi (hayvonot yoki oʻsimlik dunyosidan foydalanish tartibini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.