Qazilma ishlari 2017-yilda Utrextdan 50 kilometr janubi-sharqda joylashgan Til shahri yaqinida boshlangan. Bu 60 ga yaqin erkak, ayol va bolalarning qoldiqlarini o'z ichiga olgan qo'rg'ondir.
Asosiy tepalikning diametri taxminan 20 metr bo'lib, uning yo'laklari muhim kunlarni, jumladan bayramlar va o'rim-yig'im vaqtlarini belgilash uchun taqvim vazifasini o'tagan. Olimlar yana ikkita kichik tepalikni ham topishdi. Arxeologlarning ma'lumotlariga ko'ra, uchta qo'rg'on taxminan 800 yil davomida qabriston sifatida xizmat qilgan.
Shuningdek, tadqiqotchilar qabrlardan biridan Mesopotamiyada yasalgan qadimiy shisha munchoqni topib olishdi, deb xabar beradi lenta.ru.