Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Andijon viloyati boshqarmalari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro X.T. fuqaro U.ning ishonchiga kirib, unga muqaddam oʻzi rahbarlik qilgan Asaka tumanidagi fermer xoʻjaligiga tegishli boʻlgan, hozirgi kunda tuman hokimligi zaxirasiga olingan yer maydonining 50 sotixini tanishlari orqali issiqxona qurish va sholichilik uchun ajratib berish evaziga 10 000 AQSH dollari talab qilib, oldindan 5 000 AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.