Bunday yuqori texnologik inshootni qurish birinchi marta oʻzbekistonlik mutaxassislar tomonidan xorijiy ekspertlarni jalb qilinmasdan amalga oshirilib, qariyb 1 million dollar mablagʻni iqtisod qilinishiga imkon berdi. Qoʻshimcha xarajatlarsiz va uzoq muddatga foydalanish uchun topshirilgan ushbu sex UzAuto Motors yosh mutaxassislar va ularning mashinasozlik sohasidagi innovatsion yutuqlari uchun platforma ekanligini koʻrsatadi.
Umumiy maydoni 7 628 metr/kvadrat boʻlgan payvandlash sexi Asaka shahridagi avtomobil zavodi hududida rekord darajada qisqa muddatda – 23 kun ichida tashkil etildi. Ushbu loyiha ish faoliyatida yangi texnologiyalarni – lazerli kavsharlash (lazernaya payka) va eshik choklarini germetizatsiya qilishni nazorat qiluvchi Vision tizimini joriy qilishga imkon berdi. Shuningdek, Turin politexnika universiteti mutaxassislari bilan hamkorlikda avtomobil eshiklari oraligʻini nazorat qilish tizimi joriy etildi. Kuzov va detallarni yigʻish liniyasiga yetkazish uchun Koreya Respublikasi ishlab chiqarilgan zamonaviy EMS LK Hoist panellarni tashish tizimi oʻzlashtirildi va boshqaruv paneli bilan masofadan turib ulanish jarayoni avtomatlashtirildi.
Yangi energiya tejash texnologiyalaridan foydalanish payvandlash sexida energiya sarfini optimallashtirishga imkon berdi – yangi lampalar va havo almashtirish tizimlarini energiya bilan taʼminlash uchun yangi sexning tomiga quyosh panellari oʻrnatildi, bu esa kunduzi isteʼmol qilinadigan elektr energiyasini sezilarli darajada tejash imkonini beradi.
Yangi sexning ishlab chiqarish quvvati 14 JPH tashkil etib, yiliga qoʻshimcha 60 000 dona avtomobil ishlab chiqarishga imkon beradi. Bundan tashqari, zavodda yangi sexning ishga tushirilishi 200 ta ish oʻrni yaratilishiga imkon berdi, deb xabar beradi “UZAUTO MOTORS” AJ matbuot xizmati.