A.Saksanovni «Mehnat shuhrati» ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risida

    Hujjatlar 28 Avgust 2023 10602

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

    Yangi O‘zbekistonni bunyod etish yo‘lida o‘zining tashabbuskorligi, bilim va tajribasini yaqqol namoyon etib, tadbirkorlik sohasida ko‘plab istiqbolli loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirib kelayotgani, ijtimoiy masalalarni hal etishda jonbozlik ko‘rsatayotgani, xususan, mamlakatimizda ta’lim tizimini rivojlantirish, har tomonlama sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish ishlaridagi katta xizmatlari, yoshlarni ona Vatanga muhabbat va sadoqat, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, aholi farovonligini yuksaltirish borasida alohida ibrat va namuna bo‘layotgani, shuningdek, jamiyatda o‘zaro ko‘mak, saxovat va mehr-oqibatni kuchaytirishga qaratilgan ezgu harakatlardagi faol ishtiroki uchun Navoiy viloyati Navbahor tumanidagi «Saksanov» mas’uliyati cheklangan jamiyati ijrochi direktori Saksanov Abdikarim Yuldashovich «Mehnat shuhrati» ordeni bilan mukofotlansin.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

    Sh.Mirziyoyev