Ashxobodda oʻtkazilgan II Xalqaro matematika olimpiadasida oʻzbekistonlik oʻquvchilar 17 ta medal qoʻlga kiritdi

    Ta'lim 28 Aprel 2025 958

    Shu yilning 21-25-aprel kunlari Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida maktab oʻquvchilari oʻrtasida II Xalqaro matematika olimpiadasi boʻlib oʻtdi.

    “Dunyo“ AAning xabar berishicha, mazkur bilimlar bellashuvida 15 ta davlatdan 250 nafarga yaqin iqtidorli oʻquvchilar oʻzaro bellashdi. Olimpiadada Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari faol ishtirok etib, yurtimiz sharafini munosib himoya qildi.

    II Xalqaro matematika olimpiadasi yakunlariga koʻra oʻzbekistonlik oʻquvchilar jami 17 ta medal – 4 ta oltin,

    9 ta kumush va 4 ta bronza medalini qoʻlga kiritdi. Bu natija bolalarimizning yuqori saviyadagi bilim va tayyorgarligini yana bir bor namoyon qildi. Iqtidorli oʻquvchilarimizdan Javohir Mamaqulov, Azizbek Mamajonov, Abdulaziz Radjabov va Mehmonbek Amanov oltin medal sohiblari boʻlishdi.

    Oʻtgan yili Turkmanistonda boʻlib oʻtgan Xalqaro matematika olimpiadasida Oʻzbekiston terma jamoasi 9 ta medalni qoʻlga kiritgan edi.