“Turkmenportal” veb-sayti maʼlumotiga koʻra, mahobatli haykal poydevorining balandligi 25 metrni tashkil qiladi. Yodgorlik Turkmaniston poytaxtidagi 41 gektar maydonni egallagan Maxtumquli Firogʻiy istirohat bogʻi majmuasi hududida qad rostlayotir.
“Majmuani iyun oyida Madaniyat va sanʼat xodimlari kuni munosabati bilan oʻtkaziladigan Maxtumquli Firogʻiy sheʼriyatiga bagʻishlangan «Madaniyat haftaligi” doirasida ochish rejalashtirilgan», deb yozadi “Turkmenportal”.
Eslatib oʻtamiz, 2024-yilning 18-may kuni turkman shoiri, faylasuf, turkman mumtoz sheʼriyatining taniqli vakili Maxtumquli Firogʻiy tavalludining 300-yilligi nishonlanadi.