1-noyabr kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari Komiljon Karimov Rossiya baliqchilik federal agentligi rahbari I. V. Shestakov va Astraxan davlat texnika universiteti rektori A. N. Nevalenniy bilan uchrashdi.
Unda tomonlar Astraxan davlat texnika universitetining Toshkent viloyatidagi filialini moddiy-texnik taʼminotini yanada mustahkamlash, oʻquv faoliyatini takomillashtirish, hamda baliqchilik sohasida malakali kadirlarni tayyorlash masalalarini muhokama qildilar.
Maʼlumot uchun: Astraxan davlat texnika universiteti Rossiyadagi onlayn ishga qabul qilish platformasi — https://hh.ru/ da Rossiyaning eng yaxshi 100 ta universitetlari qatoriga kirdi.