Bu haqda Rossiya Tergov qo'mitasining hududiy boshqarmasi Telegram sahifasida ma'lum qilindi.
“Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, hodisa noma'lum shaxslar tomonidan yuqorida aytilgan binoning xonadonlaridan birida qurilish-ta'mirlash ishlari olib borilni tufayli sodir bo'lgan, oqibatda yuk ko'taruvchi konstruktsiyalarga zarar yetgan”, — deyiladi xabarda.
Payshanba kuni kechqurun Favqulodda vaziyatlar vazirligining Astraxan viloyati Bosh boshqarmasining tezkor navbatchilik smenasiga Vokzalnaya maydoni, 1A manzilida joylashgan besh qavatli turar-joy binosining tashqi devorida yoriq paydo bo'lgani haqida xabar kelib tushdi. Voqea joyiga qutqaruvchilar yetib keldi va aholini evakuatsiya qilish boshlandi. Soat 18:27 da binoning uchinchi va to'rtinchi podyezdlari qulab tushdi.
Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, bir ayol halok bo'lgan, bir necha kishi bedarak yo'qolgan.
Uydan jami 213 kishi, jumladan, 37 nafar bola olib chiqib ketilgan.
Voqea joyida 176 nafar qutqaruvchi va 39 dona texnika ishlamoqda.
Holat yuzasidan “ehtiyotsizlik oqibatida o'limga sabab bo'lish va ehtiyotsizlik oqibatida mulkka zarar yetkazish” moddalari bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan, deb xabar beradi ria.ru.