Atmosfera havosiga zarar yetkazgan fuqaro jarimaga tortildi

    Sirdaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasining Oqoltin tuman boʻlimi inspektorlari tomonidan tezkor reyd tadbirlari oʻtkazildi.

    Oʻtkazgan reyd tadbiri davomida “Shodlik“ MFY hududida fuqaro D.A. har xil turdagi chiqindilarni ochiq havoda yoqqani aniqlandi.

    Yongʻin tezkor tartibda bartaraf etilib, huquqbuzarlik yuzasidan fuqaro D.A ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 88-moddasi 1-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 375 000 soʻm jarima qoʻllanildi.