Oʻrganishda ushbu (103 ta issiqxona, 450 ta ijtimoiy soha obyektlari va 209 ta sanoat) korxonalarning ayrimlari tomonidan atmosferaga belgilangan meʼyorlardan ortiqcha tutun, chang va gaz miqdori tashlanayotganligi aniqlandi.
Jumladan, xatlovdan oʻtkazilgan issiqxonalarning 70 tasi nostandart qozonxonalardan foydalanayotganligi, 83 tasi davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosalarini olmasdan faoliyat yuritayotganligi hamda 24 tasida chang-gaz tozalash uskunalari (filtrlar) oʻrnatilmaganligi maʼlum boʻldi. Ijtimoiy soha obyektlarida tibbiyot chiqindilarini yoqish bilan bogʻliq 18 ta va dudburonlar toʻlib qolishi bilan bogʻliq 5 ta holat aniqlandi.
Shuningdek, xatlovdan oʻtkazilgan 209 ta sanoat obyektlarining 40 tasi davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkazilmaganligi, 108 tasida filtrlar mavjud emasligi, 39 tasida esa oʻrnatilgan filtrlarning samaradorligi pastligi hamda 29 tasida atmosfera havosiga tashlanmalar belgilangan meʼyordan ortiqcha tashlanayotganligi aniqlandi hamda ushbu korxona rahbarlari tez fursatda ushbu kamchiliklarni bartaraf etish toʻgʻrisida ogohlantirildi.