Andijon viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi va Qoʻrgʻontepa tuman inspeksiyasi davlat inspektorlari tomonidan yirik oqova suv tozalash inshootlari ish samaradorligini aniqlash boʻyicha Qoʻrgʻontepa tumanida monitoring nazorat ishlari olib borildi.

Tuman markazi va Qorasuv shahrida qurilishi boshlangan oqova suv tozalash inshooti faoliyati oʻrganilib, atrof-muhitga taʼsir koʻrsatish bilan bogʻliq holatlar tahlil qilindi. Ushbu oqava suvlarini tozalash inshootining qurilish qiymati 36,9 milliard soʻm boʻlib, quvvati kuniga 3 000 m3 tashkil etadi.

Oʻrganishlar jarayonida 2022-yil may oyida qurilish ishlari yakunlanishi rejalashtirilgan ushbu inshootning har tomonlama ekologik xavfsizligini taʼminlash boʻyicha navbatdagi chora-tadbirlar ham belgilandi.

Andijon viloyati Ekologiya va atrof-muhitni

muhofaza qilish boshqarmasi axborot xizmati